Saudiyada Arab ligasi sammiti o‘tkazilmoqda. Unga Asad va Zelenskiy ham borgan
Olam
−
19 may 2023 11217 2 daqiqa
Bugun, 19 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Arab ligasi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Suriya Prezidenti Bashar Asad ko‘p yillardan buyon ilk bor ishtirok etmoqda. Bu haqda “Alarabiya” xabar berdi.
Sammitda Arab liderlaridan Iordaniya qiroli Abdulloh II va BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Arab Ligasining 32 sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yetib kelgan. Shuningdek, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani, Quvayt valiahd shahzodasi Mishal al-Ahmad al-Jobir al-Sabah, Jibuti Prezidenti Ismoil Umar Guyelle, Marokash shahzodasi Rachid, Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy va Jazoir Bosh vaziri Ayman Benabderrahmon sammitda qatnashish uchun Qirollikka yetib kelgan.

Ularni Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoni shahzodasi, Makka gubernatori o‘rinbosari Badr bin Sulton va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. Shuningdek, sammitda qatnashish uchun Vladimir Zelenskiy ham Jiddaga yetib kelgan.

Bir kun avval esa Jiddaga Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Ummon, Mavritaniya, Tunis, Bahrayn, Livan, Falastin va Yaman yetakchilari yetib kelgan.
Sammit kun tartibidagi asosiy masalalar Suriyani Arab Ligasiga qaytarish, Yaman, Liviya va Suriyadagi inqirozlarni tartibga solish, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosi atrofidagi vaziyat. So‘nggi paytlardagi radikal guruhlar o‘rtasidagi keskinlashuv ham muhokama markazida bo‘ladi.

Shu bilan birga, arab davlatlari rahbarlari iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi.
Live
Barchasi