Saudiyada 19 nafar o‘zbekistonlik migrant maoshini ololmadi

Olam

image

Saudiya Arabistonida ishlayotgan 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi 2 oktyabr kuni Rabig‘ sanoat shaharchasi qurilish jarayonida ishtirok etayotgan turk kompaniyasi oylik maoshlarini to‘lamayotgani vaji bilan O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona xodimlari mazkur holatni o‘rganish maqsadida Saudiyaning Rabig‘ shahriga yetib borgan. Safar davomida fuqarolar bilan mazkur holat yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ish beruvchi korxona rahbarlari bilan muzokaralar olib borilgan.

Natijada Turkiya kompaniyasi rahbarlari va o‘zbekistonlik ishchilar bilan bog‘liq barcha moliyaviy muammolarni bartaraf etish hamda ularni kompaniya hisobidan O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

“O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq ushbu holat to‘liq Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshadagi deportatsiya markazida 2 oy qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Saudiya Arabiston Rabig'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing