Saudiya yulduzlarni chorlaydi. Navbat “Vulverxempton” a’zosiga keldi.
Sport
−
19 iyun 2023 5115 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Neveshni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
26 yoshli futbolchi may oyida “Barselona” bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgandi. Biroq kataloniyaliklar futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan. Nevesh esa uzoq kutishni xohlamadi va Saudiya klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Futbolchi transferi uchun “Vulverxempton”ga 55 million yevro to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 iyun kuni “Chelsi” a’zosi Ngolo Kante ham Saudiya klubi a’zosiga aylangani xabar qilindi. Fransiyalik futbolchi “Al-Ittihod” bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Live
Barchasi