Saudiya shahzodasi APLdagi jamolardan birini sotib olmoqchi
Olam
−
25 yanvar 2020
6459Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli investitsiya fondi Angliya premer-ligasining “Nyukasl Yunayted” jamoasini sotib olishni niyat qilmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bergan.
Nashr bergan xabarga ko‘ra, kelishuv summasi 340 million funt sterlingni tashkil etadi. Jamoani sotib olish kelishuvlarida britaniyalik moliyachi Amanda Steyvli boshchiligida investorlar guruhi ishtirok etadi. Ma’lum qilinishicha, shartnoma bir necha haftalardan so‘ng imzolanishi mumkin.
2019 yil “Nyukasl Yunayted”ni shayx Holid bin Zayid al-Nahayyan sotib olmoqchi bo‘lgandi. Ammo muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani sabab to‘xtatilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 24-turdan keyin “Nyukasl Yunayted” APLda 14-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa shu kunga qadar chempionatda 30 ochko jamg‘argan.
LiveBarchasi