“Qora shahzoda” AQSHga 1 trln dollar sarmoya kiritishga va’da berdi

Olam

image

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon mamlakati AQSH iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalarni 600 milliard dollardan 1 trillion dollargacha oshirishga va’da berdi. Bu haqda u kecha, 18 noyabr kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan muzokaralar chog‘ida so‘z ochdi.

“Demak, siz hozir menga 600 milliard dollar endi trillion bo‘ladi demoqdasiz? Xo‘sh, bu menga juda yoqdi”, deya uni qo‘llab-quvvatlagan Tramp. 

Muhammad bin Salmonning aytishicha, Saudiya Arabistoni AQSH bilan texnologiya, sun’iy intellekt, materiallar, magnitizm va boshqa sohalarda kelishuvlar imzolamoqda.

Qayd etish joiz, joriy yilning may oyida AQSH va Saudiya Arabistoni ikki davlat hamkorligi tarixidagi eng yirik iqtisodiy kelishuvni imzolagan edi. Tomonlar 600 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bitimlar va investitsiya majburiyatlari paketiga imzo chekdi. O‘sha paytda “Axios” nashri Donald Trampning Fors ko‘rfazi davlatlari bilan 1 trillion dollarlik bitim tuzish istagi borligini yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Oq uydagi Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda mamlakatda ishlangan F-35 harbiy samolyotlarini Saudiya Arabistoniga sotish rejasi borligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni Muhammad bin Salmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing