Saudiya ligasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image
“Al-Nasr” hujumchisi Joau Feliks Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.

Feliks klubning 2019 yildan beri birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynadi. Faqat liga doirasida u 33 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Mavsum davomida esa Feliks 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etdi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan yozda Saudiya Arabistoni grandi safiga qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Joau Feliks “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing