Saudiya kompaniyasi Haj va Umra uchun o‘zbekistonliklarga bir qancha taklif bildirmoqchi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistonining Haj va Umra mavsumlarida ziyoratchilariga mehmonxonalar hamda aviatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega “MANAZIL” kompaniyasi O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi. Taklifni kompaniya raisi Sulton Ahmad Banun O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov bilan bo‘lib o‘tgan muzokara chog‘ida bildirdi, deb yozmoqda “Dunyo” axborot agentligi

Xabarda “MANAZIL” kompaniyasi Haj va Umra mavsumlarida chet ellik ziyoratchilarga mehmonxonalar va aviatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Shimoliy Afrikadagi arab davlatlari bilan samarali hamkorlik qilib kelishi aytilgan.

“Biz O‘zbekiston bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. O‘zbekistonga safarimiz davomida tegishli tashkilot va firmalar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro kelishuvga erishamiz, degan umiddamiz”, degan Sulton Ahmad Banun. 

Muzokaralar chog‘ida kompaniya vakillarinining 16 iyun kuni O‘zbekistonga qiladigan tashrifi, shuningdek, tegishli vazirlik hamda idoralar, xususiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ziyoratchilarni Haj safariga yuborish 18 iyundan boshlanib, 30 iyunga qadar davom etadi. Joriy yilda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilangan. Qayd etish kerak, Markaziy Osiyo davlatlari ichida o‘zbekistonliklar uchun Haj ziyorati eng qimmati bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bir necha oy avval Umra ziyoratining bir qismi O‘zbekistonda ham turfirmalarga berilishi nazarda tutilgan hujjat tayyorlanayotganini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

376

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing