Saudiya klubi Messiga 1 mlrd yevro maosh bermoqchi
Sport
−
07 noyabr 2023 4739 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi argentinalik hujumchi Lionel Messiga 1 milliard yevro maosh taklif qildi. Bu haqda futbol jurnalisti Gillem Balage o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Messi PSJda o‘ynayotgan paytlarida ham “Al-Hilol” vakillari Parijda futbolchi bilan muzokara o‘tkazib, unga katta maosh taklif qilgan. Biroq argentinalik futbolchi bu taklifni hech qachon jiddiy ko‘rib chiqmagan. Yozgi transfer oynasida esa Messi “Inter Mayami” bilan shartnoma imzoladi.
Hujumchining AQSH klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi Amerika klubi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi faoliyatidagi eng yoqtirgan goli qaysi ekanligini aytgandi. Futbolchi eng muhim gollarini Yevropa Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida urganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi