Saudiya klubi Messi uchun kurashishda davom etmoqda

Sport

image

“Al-Hilol” PSJ hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishga urinishda davom etmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub taklif narxini oshirgan va unga bir mavsum uchun 500 mln yevro taklif qilmoqda.

OAVda avvaliga “Al-Hilol” argentinalik hujumchiga bir mavsum uchun taxminan 400 million yevro to‘lashga tayyorligi, bu futbol tarixidagi eng yirik shartnoma bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Messi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yana bir ehtimoliy variant – “Barselona”.

Messi 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Forvardning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Messi joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Saudiya Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing