Saudiya aviakompaniyasiga tegishli samolyot o‘qqa tutildi

Olam

image

Saudia Arabian Airlines aviakompaniyasi samolyoti Xartum aeroportida o‘qqa tutildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 15 aprel kuni Sudan poytaxtida mamlakat armiyasi va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Unda tezkor harakat kuchlari Xartum va Merov aeroportlarini egallab olgan. Bu vaqtda aeroportlar reyslarni qabul qilmagan va ba’zi samolyotlarning qo‘nishiga ruxsat bermagan. 

To‘qnashuvlar vaqtida Saudiya Arabistoni aviakompaniyasiga tegishli samolyot o‘qqa tutilgan. Samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari Saudiya Arabistonining Xartumdagi elchixonasiga ko‘chirilgan. 

Ma’lumot uchun, bugungi to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan uzoq davom etgan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Saudiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing