Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymeddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuv chog‘ida savdo, investitsiyalar, energetika hamda madaniy almashinuv yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilingan.

“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiyni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni elchi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing