Saudiya Arabistonining Afg‘onistondagi elchixonasi faoliyatini tikladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni ”Tolibon“ 2021 yilda Afg‘onistonda nazorat o‘rnatganidan uch yil o‘tib, Qobuldagi elchixonasini qayta ochdi. Bu haqda elchixonaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.

“Saudiya Arabistoni Podshohligining xohishiga ko‘ra, qardosh Afg‘oniston xalqiga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatish maqsadida mamlakatning Qobuldagi vakolatxonasi faoliyatini qayta tiklashga qaror qilindi”, deyiladi elchixona xabarida.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni 2021 yil avgust oyida "Tolibon" Afg‘oniston poytaxtining barcha hududlarida nazorat o‘rnatganliklarini e’lon qilgandan so‘ng darhol diplomatik vakolatxonasining barcha xodimlarini evakuatsiya qilgan. Oradan uch oy o‘tgach, Ar-Riyod Qobuldagi elchixonaning konsullik bo‘limi ishini qaytadan boshlashga qaror qilgan. 2023 yil fevral oyida Saudiya Arabistoni diplomatlarining barchasi Afg‘onistonni yana tark etib, xavfsizlik nuqtai nazaridan Saudiyaga qaytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi yakuniy o‘qishda "Tolibon" harakatini Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qilgandi. Tasdiqlangan qonunga ko‘ra, terroristik tashkilotlarning federal ro‘yxatiga o‘zgartirishlar sudning tegishli qarori kuchga kirgandan so‘ng darhol kiritilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Saudiya Arabistoni elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing