Saudiya Arabistoniga borayotganlar ogohlikka chaqirildi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistoni ayrim hududlarida, jumladan, Makka va Madina kabi ikki shaharda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatilgan. 28-29 avgust kunlari Madina shahrida kuchli shamol esib, shiddatli yomg‘ir yoqqani sabab suv toshqinlari kuzatilgan. Shahardagi bir qator yirik ko‘cha va yo‘llarga, avtomobillarga jiddiy zarar yetgan. Ayrim turarjoy binolari suv ostida qolgan.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi va fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi Madina shahri va uning atrofidagi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli ogohlantirish darajasi qizil ranggacha ko‘tarilganini e’lon qildi. Bunday ob-havo sentyabr oyining birinchi o‘n kunligiga qadar davom etishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Dovul tufayli podshohlikdagi maktab, kollej va universitetlarda darslarni onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qilindi.

Dovul tufayli Madina munitsipaliteti maktab, kollej va universitetlarda darslar onlayn tarzda o‘tkazilishiga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made