Saudiya Arabistonida Yangi yilda qor yog‘di (video)
Olam
−
02 yanvar 2022 17550 1 daqiqa
Kecha, 1 yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi Tabuk tog‘i qor bilan qoplandi. Bu haroratning kutilmaganda keskin pasayishidan keyin sodir bo‘ldi.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, ayrim joylarda qor yog‘ishi davom etadi. Ko‘pgina mahalliy aholi hayotlarida birinchi marta qorni ko‘rdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda hayajonli videolarni baham ko‘rishmoqda.

“Saudiya Arabistonida qor yog‘ishi hayratlanarli. Men dastlab ishonmadim, chunki Tabuk tog‘i bu qadar sovuq bo‘ladigan darajada baland ham emas”, degan guvohlar Twitter’da.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning fevral oyida ham Saudiya Arabistonida qor yog‘gandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025