Saudiya Arabistonida “Tuyalar festivali”ga 26 mln dollarlik sovrin qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image

Saudiya Arabistoni podshosi Salmon bin Abdulaziz nomidagi “Tuyalar festivali”da 26 million AQSH dollarilik sovg‘alar sovrin uchun qo‘yildi. Bu haqda “Arabnews” nashri xabar berdi. 

Bugun, 1 dekabr kuni start oladigan taqdimot Yaqin Sharqdagi eng yirik tuya festivallaridan biri hisoblanadi. 45 kun davom etadigan festival qirollik aholisi, xususan, Fors ko‘rfazi fuqarolari uchun madaniy, sayyohlik, sport, ko‘ngilochar va iqtisodiy manzilga aylanishi kutilmoqda.

Festival Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan 130 km shimolda o‘tkaziladi. Bo‘lajak musoboqalarda turli zotdor tuyalar ishtirok etishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 70 kunlik “Tuyalar festivali”da 43 turdan ortiq musobaqa bo‘lib o‘tgan va sovrinlar taxminan 66,5 million dollarni tashkil etgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing