Saudiya Arabistonida barcha masjidlar qayta ochildi

Olam

image

Saudiya Arabistonida koronavirus sabab yopilgan barcha masjidlar qayta ochilishiga ruxsat berildi. Bu haqda qirollik davlat axborot agentligi SPA xabar qildi.

Namozxonlarga koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qat’iy qoidalarga rioya qilish buyurildi. Hukumat odamlardan qatorlar orasida ikki metr masofada turishini, niqob kiyishini va o‘zlarining joynamozlaridan foydalanishni so‘radi.

Mahalliy hokimiyat masjidlar ichidagi barcha buyumlarni, shu jumladan, Qur’on va lavhlarni sterilizatsiya qildi. Namoz paytida eshik va derazalarni ochishda va ibodat qiluvchilarning masjidlarga kirish joylarida ham ehtiyot choralari ko‘rildi.

Masjidlar namozga chaqirilishidan 15 daqiqa oldin ochiladi va namozdan 10 minut keyin yopiladi. Juma kunida masjidlar 20 daqiqadan oldin ochiladi va namoz tugagandan 20 daqiqadan so‘ng yopiladi. Juma kuni va’z qilish vaqti 15 daqiqadan oshmasligi kerak, deya ogohlantirmoqda rasmiylar.

Avvalroq, Turkiya masjidlari ham 74 kundan so‘ng ochilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Masjidlar

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing