Saudiya Arabistonida ham Ramazon hayiti 30 martga to‘g‘ri keldi

Olam

image

Ramazon hayiti 30 mart, yakshanba kuni boshlanib, 2025 yil 2 aprel, chorshanba kuniga qadar davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Misrning Astronomiya va geofizika milliy tadqiqot institutining hisob kitoblariga tayanib, ko‘plab arab nashrlari yozmoqda.  

Qayd etilishicha, yangi oy arab va islom dunyosining bir qancha shaharlarida quyosh botganidan keyin bir necha daqiqa davomida ko‘rinishi prognoz qilinganligi sababli Saudiya Arabistoni Ramazon hayitini 2025 yil 30 mart, yakshanba kuni nishonlashi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni Oliy sudi oyni ko‘rish haqidagi xabarlarga asoslanib, sanani rasman tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston, Qirg‘iziston va Қозоғистонда ham Hayit ayyomi 30 martda nishonlanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing