Saudiya Arabistonida Haj ishlari bo‘yicha vazir o‘zgardi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul-Aziz Al Saud qirollikning Haj ishlari bo‘yicha yangi vaziri etib Essam bin Saad bin Saidni tayinladi. Bu haqda "Al Arabiya" xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, yangi lavozim Vazirlar Kengashi a’zosi bo‘lgan bin Saidning vazifalariga qo‘shimcha bo‘ladi. 

Qirolning farmoniga binoan avvalgi Haj ishlari bo‘yicha vazir Muhammad Solih Binten lavozimidan ozod etilgan. Uning iste’fosining rasmiy sababi oshkor etilmagan. 

Biroq, ba’zi kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, Bintenning iste’fosiga o‘tgan yilning yozida so‘nggi yillardagi eng kichik bo‘lgan Haj safari sabab bo‘lishi mumkin. 

O‘tgan yilda koronavirus pandemiyasi tufayli chet elliklarning Haj ziyoratiga borishi taqiqlangan edi. 

Natijada, o‘tgan yili Hajda qirollik atrofida yashovchi 10 ming musulmon qatnashgan. Taqqoslash uchun: 2019 yilda ziyoratchilar soni 2,5 millionga yetgandi. 

Hozircha Haj ishlari vazirligi 2021 yilda qanday siyosat olib borishi aniq emas, lekin G‘arb OAVlarining ta’kidlashicha, faqatgina COVID-19 ga qarshi emlanganlar uchun Hajga ruxsat berilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

57

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing