Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasiga raketa hujumi uyushtirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yamanlik hutiylar Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi "Saudi Aramko"ning Jidda shahridagi ob’ektiga bugun, 4 mart kuni raketa hujumi uyushtirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” hutiy harbiy vakili Yahyo Sarining bayonotiga asoslanib xabar bergan. 

Sarining so‘zlariga ko‘ra, hujum nishonga tekkan qanotli raketa yordamida amalga oshirilgan, qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. 

Ayni paytda Saudiya Arabistoni Hukumati va "Saudi Aramko" vakillari hutiylarning xabarlariga izoh bermagan.

Avvalroq, Iroqning Anbar viloyatida joylashgan va AQSH harbiylari foydalanadigan Ayn-al-Asad harbiy bazasi raketa hujumiga uchragani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

raketa hujum

Baholaganlar

583

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing