Saudiya Arabistoni Xitoyni eng ko‘p neft bilan ta’minlovchiga aylandi

Olam

image

Saudiya Arabistoni 2022 yilda Xitoyga eng ko‘p neft yetkazib beruvchilardan biriga aylandi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda Arabiston Qirolligi Xitoyga jami 87,49 million tonna xomashyo jo‘natgan. Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, bu deyarli 2021 yildagi ko‘rsatkich bilan teng.

Garchi Xitoyning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan neftni qayta ishlash korxonalari ichki talabning sustligiga qaramay, 2022 yilda Saudiya Arabistoni bilan muddatli shartnomalarni bajargan.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha Xitoy Eronning eng yirik neft xaridori hisoblangan. Ammo Eron eksportining aksariyati AQSH sanksiyalaridan qochish uchun boshqa mamlakatlardan xomashyo sifatida rebrendlangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing