Saudiya Arabistoni dunyodagi eng katta binoni qurishni boshladi
Olam
−
02 noyabr
11977Saudiya Arabistoni “Mukaab” deb nomlangan dunyodagi eng katta bino loyihasini qurishni boshladi. Bu haqda “Medium” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Mukaab” arabcha so‘z bo‘lib, kub ma’nosini anglatadi. Bu bino poytaxt Ar-Riyod shahrida joylashgan va 400 metr balandlikdagi ulkan kub shaklida bo‘ladi. Qurilish yakunlangach, u dunyodagi eng katta bino bo‘lishi kutilmoqda va 2 million kvadrat metr maydonga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ulkan turarjoy majmuasi 100 000 ta uy va 9 000 ta mehmonxona xonasini o‘z ichiga oladi. Loyiha o‘zida savdo markazlari, ofis majmualari, muzeylar, teatrlar va parklarni bir joyda jamlagan ixcham shahar bo‘lishi kutilmoqda. “Mukaab”ning barcha ob’ektlari piyoda 15 daqiqalik masofada joylashadi.
U zamonaviy golografik va virtual reallik texnologiyalari kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bino mehmonlarga oy yuzasida sayr qilish kabi simulyatsiyalarni taqdim etishi mumkin. Texnologiyaning yuqori darajasidagi bu bino kelajak uchun sayyohlar tomonidan qiziqarli va ko‘ngilochar joy sifatida e’tirof etilishi kutilmoqda.
Loyihaning qiymati taxminan 20 dan 47 milliard AQSH dollarigacha baholanmoqda. U Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shib, 330 000 ta ish o‘rnini yaratishi mumkin. Saudiya Arabistonining Vision 2030 tashabbusiga ko‘ra, “Mukaab” innovatsiya va rivojlanishning ramzi bo‘ladi. Bu mo‘’jiza shahar hayotida yangi trendlarni belgilab, arxitektura va texnologiyaning jahon miqyosida yangi darajasini namoyon etadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr