Saudiya Arabistoni ham Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi 

Olam

image

Saudiya Arabistoni Shveysariyada tashkil etilayotgan Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha konferensiyaga o‘z vakillarini yuborishni rejalashtirmayapti. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, Germaniyaning DPA agentligi xabar berdi.

Bunday qaror Rossiyaning sammitda ishtirok etmasligidan kelib chiqqan holda qabul qilingan.

1 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Saudiya Arabistoniga tashrifi rejalashtirilgan edi. U valiahd shahzoda va mamlakatning Bosh vaziri Muhammad bin Salmon bilan uchrashib, qirollikni sammitda ishtirok etishga undashni rejalashtirgan edi, biroq siyosatchining tashrifi konferensiya yakuniga qoldirildi.

“Saudiya Arabistoni Rossiya bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgan holda Qo‘shma Shtatlarni eng yaqin ittifoqchilaridan biri sifatida ko‘radi. Qirollik bir necha bor mojaroni hal qilish uchun vositachilik qilishni taklif qilgan”, deb eslaydi DPA.

15 va 16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda 106 davlat o‘z ishtirokini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy mazkur konferensiyada ishtirok etishdan bosh tortgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ukraina Shveytsariya tinchlik sammit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing