Sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
11:19 710 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qator ob’ektlarda bo‘ldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘lgan.

Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda.

“Bu – mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundanda ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.




Live
Barchasi