Sariosiyolik ayolning uyi buzib tashlandimi? Hokimlik holatga izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani Sharg‘un shahri, “Madankon” mahallasi, Shaxtyorlar ko‘chasi 30-uyda yashovchi fuqaro Sitora Xursanova (Erkinova)ning yashash uy-joyi tuman hokimligi tomonidan buzib tashlangani va konpensatsiya to‘lanmayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Sariosiyo tumani hokimligi fuqaroning uyi buzilgani va kompensatsiya puli to‘lanmagani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Sharg‘un shahrida o‘zboshimchalik bilan bunyod etilgan binolar hamda shahar qiyofasiga mos kelmaydigan uylarni shaharning Bosh rejasiga asosan qayta qurish belgilanganligi munosabati bilan, tuman hokimligi tomonidan fuqaro Sitora Xursanovaning (murojaatda aytilganidek) yashash uy-joyi emas, balki, piyodalar yo‘lagida o‘zboshimchalik bilan qurib olgan yordamchi xo‘jaliklari binosini buzish to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

“Joriy yilning 31 mayida da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurib olgan omborxona va oshxona binolarini o‘z hisobidan buzib olish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi. 

Shunga qaramasdan, S.Xursanova va uning turmush o‘rtog‘i J.Xursanovning tuman va shahar hokimlaridan o‘z tomorqasining boshqa hududida yangi omborxona va oshxona binosini qurib olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati inobatga olinib, ularga 2 (ikki) tonna sement, 70 (yetmish) dona shifer, 1000 (ming) ta blok g‘isht mahsulotlari yetkazib berildi, uy-joyining ko‘cha tomon devori shaharsozlik normalari asosida qurib berildi.

Viloyat hokimining 2019 yil 1 avgust kuni tumanda o‘tkazilgan sayyor qabulida ham S.Xursanovaning bu to‘g‘rida qilgan murojaati inobatga olinib, shu kunning o‘zida uning xonadoniga yana 8 (sakkiz) ming dona g‘isht olib borib berildi.

Sariosiyo tumani hokimligi fuqaro S.Xursanovaga tegishli bo‘lgan uy-joyni emas, balki, piyodalar yo‘lagida o‘zboshimchalik bilan qurib olgan yordamchi xo‘jaliklari binosini sud qarori asosida qonuniy tartibda buzdirilganligini, o‘zboshimchalik bilan qurib olingan bino-inshootlarga esa kompensatsiya to‘lanmasligini, ammo, ushbu xonadon egalarining murojaati inobatga olingan holda yangi yordamchi xo‘jaliklar binolarini qurib olish uchun yetarli miqdorda qurilish mollari (xabar tarqalmasdan avval) yetkazib berilganligini, bir necha oy oldin Sharg‘un shahrida yangi barpo etilgan ko‘p qavatli zamonaviy arzon uy-joylardan kvartira ham ajratilgan”, deyiladi hokimlik axborotida.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo snos Sariosiyo

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing