Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 25 may kuni Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Sariosiyo tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘ktam To‘rayev 2019 yil sentyabr lyida Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sariosiyo O'ktam To'raev

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing