Sardor Umrzoqov nomzodi Bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘rsatildi

Jamiyat

image

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari- investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga ko‘rsatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Bugun, 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda Sardor Umrzoqovni Bosh vazirning taqdimiga asosan Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Bosh vazirning investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari- investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlash haqida qaror qabul qilingan. 

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sardor Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

2000-2003 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida;
2003 yildan 2004 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand falialida ishlagan. 

2004-2007 yillarda Londonda yashagan. 

2007-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida turli lavozimlarda;
2014-2019 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasida faoliyat yuritgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga binoan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umrzoqov

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing