Sardor Rashidov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin
Sport
−
04 yanvar
6922O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidovga Eronning “Persepolis” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Oxirgi mavsumni Namanganning “Navbahor” klubida o‘tkazgan 33 yoshli Rashidovga Eron klubi befarq emas. Fors jamoasining muxlislariga tegishli sahifalarda ham o‘zbekistonlik futbolchining “Persepolis”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar urchimoqda.
Qayd etish joiz, “Persepolis”da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov ham to‘p tepadi. Rashidovning Tehron klubiga o‘tishida O‘runov ham muhim rol o‘ynashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov faoliyati davomida ko‘plab xorijiy davlatlar chempionatlarida, jumladan Qatar, BAA, Quvayt va Portugaliya klublarida to‘p tepgan. Agar Rashidov “Persepolis”ga o‘tsa, Eron birinchiligi Rashidov to‘p tepadigan 5-xorijiy chempionat bo‘ladi.
LiveBarchasi