Sardor Rashidov BAA klubi a’zosiga aylandi
Sport
−
06 fevral
9642O‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
32 yoshli Rashidov “Dubay Siti” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Tez orada klub ham futbolchi bilan kelishuvga erishganini e’lon qiladi.
Hozirda “Dubay Siti” mamlakat chempionati turnir jadvalida 18 ta o‘yindan keyin 13 ochko to‘plab, 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa BAAning yangi klublaridan biri hisoblanadi. “Dubay Siti”ga 2018 yilda asos solingan.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidovning oxirgi jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubi bo‘ldi. U “sherlar” safida umumiy 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra Rashidovning qiymati 250 ming yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddin Masharipov Eron klubi bilan shartnoma tuzgani xabar qilingandi.
U yarim yil mamlakat poytaxti Tehron klubida to‘p tepadigan bo‘ldi.