Sardor Berdimuhamedov otasining yana bir lavozimini egalladi
Olam
−
12 may 2022
12077Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) prezidenti etib saylandi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.
Shunday qilib, Sardor Berdimuhamedov 2007 yildan buyon MOQni boshqarib kelayotgan mamlakatning sobiq Prezidenti, Xalq Maslahatining amaldagi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘rnini egallagan.
Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasi 1990 yilda tashkil etilgan va 1993 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Berdimuhamedov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy ham hisoblanadi. Bu unvon 2017 yilda “Turkmanistonning sport qudrati sifatidagi xalqaro nufuzini oshirish hamda yopiq inshootlar va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarni tayyorlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun” berilgan.
LiveBarchasi