Sardobadagi ofat oqibatini bartaraf etish uchun ajratilagidan 1,5 trln so‘m qayerdan olinadi?
Jamiyat
−
16 may 2020
14192Avvalroq, Sardoba suv ombori fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m xarajat qilinishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Ammo bu pul mablag‘i qaysi manba hisobiga ajratilishi borasida fikr bildirilmagandi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunovning aytishicha, Sardobadagi ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun mablag‘lar boshqa sohalarga ajratilgan mablag‘larga tegmagan holda ajratiladi. Bu haqda u bugun, 16 may kuni Xalqaro press-klubning Guliston shahrida o‘tgan “Sardoba-2020: Sinov, birdamlik, mehnat, sifat” mavzusidagi muloqotida ma’lum qildi.
Tursunovning aytishicha, Sardoba halokatidan jabr ko‘rgan hududlarni tiklash, turarjoylar qurish, ta’mirlash va kompensatsiya mablag‘lari davlat byudjetidan, boshqa sohalarga ajratilgan mablag‘larga tegmagan holda, qo‘shimcha tushumlar va boshqa manbalardan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Sardoba ishi” bo‘yicha ochilgan jinoiy ish doirasida tergov harakatlari 4 versiyaga ko‘ra olib borilyapti. Hozirgacha 170 kishi so‘roq qilingan
LiveBarchasi