“Sardoba toshqini” – Mirzaobod aholisi boshqa tumanga evakuatsiya qilindi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgani ma’lum qilgan. Ushbu hududda yashovchilar, xususan, Mirzaobod tumani aholisi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilingani haqida ma’lumot berildi.

Yangiyer shahar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020 yil 1 may kuni favqulodda xabar berilganidan keyin zudlik bilan Yangiyer shahar hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlaridan iborat shtab Yangiyer shahar YHXX binosi oldida yig‘ilib vazifalar taqsimoti amalga oshirishdi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Ta’kidlanishicha, ishchi shtab tomonidan Mirzaobod tumanidagi “Beruniy”, “Paxtaobod”, “Baliqchi”, “Haqiqat”, “Bahoriston”, “Yangiovul” va “Do‘ngariq” mahallalaridan vaqtinchalik evakuatsiya qilingan 2 ming nafardan ziyod aholini Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, Guliston davlat universitetining Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer Futbol akademiyasi binosiga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Unga ko‘ra: Pedagogika kolleji yotoqxonasiga 700 nafar; Tibbiyot kolleji yotoqxonasiga — 150 nafar; Guliston davlat universitetining Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti yotoqxonasiga — 600 nafar; Futbol akademiyasi yotoqxonasiga — 300 nafar fuqarolar joylashtirildi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, bu jarayonlarga 50 ta mikroavtobus, 10 ta tez tibbiy yordam brigadasi, 50 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, 15 nafar shifokor jalb etildi. Guliston tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yerdami keltirilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing