Sardoba fojiasida oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi Qozog‘istondan qidirilmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida ro‘y bergan suv toshqini natijasida oqib ketgan va bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya xodimi Qozog‘istonning Turkiston viloyatidan qidirilmoqda. 

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya xodimi Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqini paytida bedarak yo‘qolgan.

Chimkent favqulodda vaziyatlar departamenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, 20 iyun kuni qutqaruv guruhi a’zolari qo‘shni davlatdan kelgan askarni qidirishga kirishgan. 

“20 iyun kuni Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbariyatidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 1992 yilda tug‘ilgan harbiy xizmatchisini qidirishda yordam berish to‘g‘risida xat kelib tushdi. Maktubga ko‘ra, “Shardara” qutqaruv stansiyasidan 5 ta qutqaruvchi, 1 ta transport vositasi va 1 ta qayiq Maqtaaral va Jetisay tumanlarining suv toshqini bo‘lgan hududlari va suv omborlarida qidiruv ishlarini olib borish uchun jo‘nab ketdi. Qidiruvga Qutqaruv otryadining ikkita kinologi ham jalb qilingan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sardoba” suv toshqini natijasida 3 harbiy oqib ketgani xabar qilingan edi. Ularning bir nafari vafot etgan, bir nafari haligacha qidirilmoqda yana bir nafari qutqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Sardoba fojiasi

Baholaganlar

786

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing