“Sardoba” bo‘yicha yangi ma’lumotlar berildi. Suv ombori Rossiya bilan hamkorlikda tiklanadi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 may kuni, taxminan soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 60 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda ushbu hodisa katta talafotlarga sabab bo‘lgandi. Hozirda suv omborini tiklash bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Qurilish vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda suv omborining xolati yuzasidan hamda yuzaga kelgan texnogen ofat sabablarini o‘rganish yuzasidan, uning kelib chiqish xolatlari qayta takrorlanishi oldini olish maqsadida xorijiy mutaxassislar (Moskva davlat Qurilish universtiteti mutaxassislar) jalb qilinib, texnik yechimlar to‘liq o‘rganib chiqilmoqda. Muhandislik-qidiruv ishlari “O‘zGASHKLITI” DUK tashkiloti tomonidan, rossiyalik mutaxassisilari bilan birga olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, “Sardoba” suv omborining to‘g‘oni 60 piketida buzilishi oqibatida to‘g‘onning boshqa qismlarida ham oqim ta’sirida buzilishlar bo‘lgan. Hozirgi kunda shu nuqsonlarni bartaraf etish hamda vaqtinchalik suv omborni qisman faoliyat yuritishini tiklash ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagi tiklash ishlari yuzasidan “Gidroloyiha” AJ loyihachilari bilan Moskva instituti mutaxassislari bilan kelishilgan loyiha ishlab chiqilgan, loyiha yuzasidan davlat ekspertizasi tomonidan joriy yilning 12 fevral kuni 4-E-sonli ekspert xulosasi berilgan.

Loyihada asosan quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:

  • vaqtinchalik to‘g‘on ko‘tarish, ya’ni buzilgan 60 PKni oldini o‘rab qo‘yish;
  • pezometrlarni qurish va tiklash;
  • suv oqimi ta’sirida yuvib ketilgan to‘g‘onning pastki qiyaliklarini tiklash;
  • suv oqimi ta’sirida yopiq drenaj tizimlarni yuvib ketilgan qismlarini tiklash;
  • yomg‘ir suvlarni olib chiqib ketuvchi inshootlarni tiklash;
  • suv chiqazuvchi asosiy inshoot oldida yomg‘ir suvlarni olib chiqib ketuvchi novlarni qurish.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing