Saratovda Ukraina droni ko‘p qavatli uyga borib urildi. Jabrlanganlar bor (video)
Olam
−
26 avgust
7403Bugun, 26 avgustga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini qaytardi. Urib tushirilgan dronlarning qoldiqlari viloyat markazi va Engelsdagi turar-joy binolariga tushgan. Bu haqda Saratov gubernatori Roman Busargin ma’lum qildi.
Keyinroq gubernator aniqlik kiritishicha, Saratovdagi Predmostovaya maydonida dron yordamida uyushtirilgan hujum oqibatida ko‘p qavatli bino zarar ko‘rgan va bir ayol shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Qolgan jabrlanganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, hammasi bo‘lib to‘rt kishi jarohatlangan.
Mahalliy Telegram-kanallari dronning 37 qavatli turar-joy binosiga urilgani va portlagani aks etgan videoni e’lon qildi.
Viloyat rahbari tegishli tuzilmalarga bino konstruksiyasini tekshiruvdan o‘tkazib, yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha topshiriq bergan.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Rossiya dronlari Ukrainaga hujum qilgani edi.