Saratonga qarshi yangi terapiya ishlab chiqildi

Salomatlik

image

Buyuk Britaniya, Polsha va Shvetsiyalik olimlar guruhi saraton kasalligini davolashning mavjud usullariga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi saratonga qarshi fotoimmun terapiyani ishlab chiqmoqda. Bu haqda “The Guardian” gazetasi xabar berdi.

Muhandislik, fizika, neyroxirurgiya, biologiya va immunologiya bo‘yicha mutaxassislarni o‘z ichiga olgan tadqiqot guruhi sichqonlarda muvaffaqiyatli tarzda fotoimmunoterapiyani sinovdan o‘tkazdi.

Saraton kasalligini tashxislash va davolashni ushbu usulining mohiyati bemorning tanasiga saraton hujayralarini qorong‘ida porlashiga olib keladigan, jarrohlarga terapiyaning boshqa usullariga qaraganda ko‘proq shishlarni olib tashlashga yordam beradigan maxsus birikmani kiritishdir. Shuningdek, fotoimmunoterapiya infraqizil nurlanish yordamida saraton hujayralarini, hatto, mayda hujayralarni ham topish va yo‘q qilish imkonini berishi ta’kidlangan.

“Muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilsa, ushbu turdagi terapiya jarrohlik, kimyoterapiya, radiatsiya terapiyasi va immunoterapiya bilan birga saratonga qarshi kurashning beshinchi usuliga aylanadi”, deb yozadi “The Guardian”.

Hozirgi vaqtda olimlar glioblastoma, shuningdek, bolalar neyroblastomasini davolashda yangi terapiya usulini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishmoqda.

“'Fotoimmunoterapiya bizga jarrohlik paytida olib tashlanmaydigan saraton hujayralarini nishonga olishga yordam beradi, bu esa davolanishdan keyin odamlarning uzoq umr ko‘rish imkoniyatini oshiradi", deydi Cancer Research UK tadqiqot ma’lumotlari menejeri doktor Charlz Evans.

U ushbu texnologiyani odamlarni davolashda qo‘llash uchun ko‘plab texnik muammolarni hal qilish kerakligini ta’kidladi, biroq u hayajon bilan terapiya istiqboliga ishonch bildirdi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing