Sanjar Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olingani rostmi?
3-sahifa
−
14 mart 2023
26390Avvalroq, Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. QALAMPIR.UZ bularga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Sanjar Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olinganligi yoki unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi Bosh prokuratura voizi.
Uning qayd etishicha, Sanjar Mavlonovning o‘zi lavozimidan ozod etilishini so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘i bilan uning arizasi qanoatlantirilgan.
Ma’lumot uchun, Sanjar Mavlonov bu lavozimga 2022 yil 30 aprel kuni tayinlangan edi.
U mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlagan. Keyinchalik tuman prokuraturasi tergovchisi, Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Yangiyer shahar prokurori, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yildan 2022 yilning 30 apreliga qadar Toshkent shahar Shayhontohur tumani prokurori lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi