Sanksiyalarning 10-paketiga YeIdan kim qarshi chiqdi? 

Olam

image

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Polshaning qarshiliklari tufayli Rossiyaning Ukrainadagi urushining bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanksiyalarning yangi bosqichiga o‘ta olmadi. Bu haqda Ispaniyaning “El Periodico” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevroittifoq diplomatlari sanksiyalarning o‘ninchi paketiga nimalar kiritilishi to‘g‘risida kelishuvga erisha olmagan, chunki Polsha rasmiylari sintetik kauchuk importiga cheklovlar qo‘yishga qarshi chiqqan. Ular bunday cheklovni juda zaif deb topishgan.

“Biz sanksiyalarga to‘sqinlik qilmayapmiz. Biz faqat ma’noga ega bo‘lgan sanksiyalarni kiritishni xohlaymiz”, deydi Polsha rasmiysi. 

Manbaga ko‘ra, hamjamiyat ichida kelishuvni ta’minlash uchun bugun, 24 fevral kuni YeIning 27 ta a’zo davlati vakillari o‘rtasida yana uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi yadro sektoriga va olmos importini taqiqlashga ta’sir qilmasligi aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Rossiya-Ukraina mojarosining birinchi yili natijalariga ko‘ra, Rossiya o‘ziga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar soni bo‘yicha dunyoda Eron, Suriya va Shimoliy Koreya kabi davlatlardan oldinga chiqdi. “Castellum.ai” global sanksiyalar monitoringi ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2022 yil 22 fevraldan beri Rossiyaga nisbatan 11 327 ta cheklov joriy etilgan. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning umumiy soni 14 022 taga yetdi. 

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing