Rossiya G‘arb sanksiyalari bo‘yicha rekordda birinchi o‘ringa chiqdi

Olam

image

Rossiya-Ukraina mojarosining birinchi yili natijalariga ko‘ra, Rossiya o‘ziga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar soni bo‘yicha dunyoda Eron, Suriya va Shimoliy Koreya kabi davlatlardan oldinga chiqdi. 

G‘arb davlatlari Moskvani Ukrainaga qo‘shin olib kirish uchun eng yuqori badal to‘lashga majburlash maqsadida sanksiyalar mexanizmini faollashtirdi. 

Janglar davom etar ekan, G‘arb cheklovlari ko‘lami o‘sib bormoqda, bu ko‘plab sohalarga,  jumladan moliya, energetika, transport, media, texnologiya, avtomobil sanoati, sport va savdoga ta’sir qiladi. 

“Castellum.ai” global sanksiyalar monitoringi ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2022 yil 22 fevraldan beri Rossiyaga nisbatan 11 327 ta cheklov joriy etilgan. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning umumiy soni 14 022 taga yetdi. 

Shu tariqa, Rossiya Erondan oldinda, unga qarshi 4268 ta turli sanksiyalar mavjud. Keyingi o‘rinda esa 2643 ta sanksiya bilan Suriya va 2133 ta sanksiya bilan Shimoliy Koreya turibdi. 

Antireytingga Belarus, Venesuela va Myanma ham kiradi, ularga nisbatan mos ravishda 1155, 651 va 839 ta cheklovlar kiritilgan. 

2022 yil 22 fevraldan beri Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi eng ko‘p sanksiyalarni kiritdi (1948 ta). Undan keyin Shveysariya (1782 ta sanksiya), Kanada (1590), Buyuk Britaniya (1429), YeI (1390), Fransiya (1324), Avstraliya (945) va Yaponiya (919) joy olgan. 

RF Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi jangovar harakatlarining faol bosqichi boshlanganidan beri jismoniy shaxslarga 9117 ta, yuridik shaxslarga 2090 ta, sud tuzilmalariga 96 ta va aviatsiyaga 24 ta aksilrossiya sanksiyalari qo‘llanilgan. 

2022 yilning 21 fevralida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning ushbu viloyatlari ma’muriy chegaralaridagi “Donetsk va Lugansk xalq respublikalari” deb ataluvchi davlatlarning mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

2022 yil 24 fevralda Putin telemurojaatida Ukraina sharqidagi Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi, shundan so‘ng keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing