TIV Samarada favqulodda qo‘ngan samolyot haqida ma’lumot berdi
Olam
−
05 noyabr 2019
4694Avvalroq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Sankt Peterburg-Urganch yo‘nalishida uchgan samolyoti Samara shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respulikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur reysning favqulodda qo‘nishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Urganchga ketayotgan HY-638 reysi O‘zbekiston fuqarosi M.O.ning qon bosimi oshib ketgani uchun Samaradagi “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Qo‘ngandan so‘ng, fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u shifoxonada davolanishdan bosh tortgan.
Shu bilan birga tez tibbiy yordam shifokorlari yo‘lovchining salomatligi qaytadan yomonlashishi mumkinligini aytib, unga uzoq masofaga parvoz qilmaslikni maslahat bergan. Shundan so‘ng, samolyot Urganchga uchib ketgan.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining horijdagi fuqarolarni qo‘llab quvvatlovchi Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan M.O.ning Vatanga qaytish masalasi hal qilinganiga qaramay, u taksida Samaradan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqqan.
LiveBarchasi