Sankt-Peterburgda olti farzandini o‘ldirish bilan tahdid qilgan ota taslim bo‘ldi
Olam
−
24 noyabr 2020
6978Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota olti nafar farzandini garovga olib, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, erkak bolalarini garovga olib, qulflanib olgan kvartirasidan chiqib, politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“U o‘zi kvartira eshigini ochib, taslim bo‘ldi”, degan agentlik manbasi.
Tibbiyot xodimlari uydan olti nafar bolani olib chiqishgan. Bolalarning ikkitasi qo‘lda olib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, erkak bolalarni garovga olgani soat 12:12 da ma’lum bo‘lgandi. Bolalarning onasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, eri uni uydan chiqarib, bolalarini garovga olganini aytib, shikoyat qilgan. Bolalarning yoshi 3 dan 15 gacha.
Hodisaga er-xotinning janjali ortidan yuz bergani taxmin qilinyapti. Erkak mast bo‘lgan va garovga olingan bolalar uchun hech nima talab qilmagan. U bolta bilan qurollanib olgan.
LiveBarchasi