Sankt-Peterburg porti yaqinida dron urib tushirildi
Olam
−
18 yanvar
5664Bugun, 18 yanvarga o‘tar kechasi Kiyev tomonidan uchirilgan dron Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaning Leningrad viloyatida tutib olindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Fontanka” nashrining xabar berishicha, Sankt-Peterburg janubi-sharqidagi Katta port yaqinidagi sun’iy ko‘rfaz - Ugolnaya bandargohi ustida samolyot tipidagi dron urib tushirilgan. Qayd etilishicha, uchuvchisiz samolyotning yaqinlashgani haqidagi ma’lumotlar Tverdan uzatilgan va u Bryansk, Smolensk, Tver va Novgorod viloyatlari ustidan parvoz qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning aytishicha, dron qulashi oqibatida hech kim jarohatlanmagan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy nashrlarning o‘z manbalariga tayanib, xabar berishicha, qanotlarining uzunligi olti metrgacha bo‘lgan samolyot tipidagi dron Sankt-Peterburgdagi neft terminalini nishonga olgan.
“Ukraїnskaya pravda” nashri ham mamlakat razvedka xizmatlaridagi manbasiga tayanib, nishon Leningrad viloyatidagi neft ombori bo‘lganini yozmoqda. Manbaga ko‘ra, dron hujumini Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi uyushtirgan.
LiveBarchasi