Sanepidqo‘mita ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
13 fevral
9328Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi o‘zini “SES” xodimi deb tanishtirib, dezinfeksiya uchun pul yig‘ib yurgan soxta xodimlarga aldanib qolmaslik va ulardan maxsus litsenziya talab qilishga chaqirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dezinfeksiya – bu tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini yo‘qotishga, ya’ni zararsizlantirishga qaratilgan tadbir hisoblanadi. Dezinfeksiya atamasi bu umumiy yig‘ma atama hisoblanib, dezinfeksiya tarkibiga : dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari kiradi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman dezinfeksiya bo‘limlarida epidemiologik ko‘rsatmaga asosan yuqumli kasalliklar aniqlangan o‘choqlarda zararsizlantirish ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari Toshkent shahar aholisidan boshqarmaga o‘zini “SES” xodimi deb tanishtirib, xonadonlar, tadbirkorlik sub’ektlari oshxona, kafe, xususiy klinikalar, sartaroshxona, go‘zallik salonlari va boshqa turli tashkilotlarga majburiy dezinfeksiya qilish talabini qo‘yib, pul undirib ketish holatlari bo‘yicha ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda.
Bildirilishicha, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari dezinfeksiya o‘tkazish va dorilarni sotish uchun uyma-uy va tadbirkorlik sub’ektlarida yurmaydi. Bunday xizmat aholining ixtiyoriy murojaatiga ko‘ra shartnoma asosida o‘tkazib beriladi. Shuningdek, Qo‘mita xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklar aniqlangan o‘choqlarda epidemiologik ko‘rsatmaga asosan dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi.
“Yuqoridagilarni ma’lum qilish bilan birga Toshkent shahar aholisiga murojaat qilar edikki, sizning ish faoliyatingiz va uyingizga o‘zini “SES” xodimi deb tanishtirib kelgan shaxslar (soxta SES xodimlari) bo‘yicha ogohlikni oshirib, ularning xizmat guvohnomasini talab qilishingizni, agar ular xususiy dezinfeksiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona xodimi bo‘lsa, korxona hujjatlari va dezinfeksiya faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus litsenziyasini talab qilib, zararsizlantirish uchun ishlatiladigan dezinfeksiya vositasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi bo‘yicha hujjatlarni taqdim qilgandagina, shunda ham ixtiyoriy ravishda dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazishingiz mumkin. Yuqoridagi shaxslar tomonidan firibgarlik yo‘li bilan pul undirish holatlari kuzatilsa, hududiy uchastka noziri yoki 102 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart