San’at muzeyi yaponiyalik arxitektor tomonidan rekonstruksiya qilinadi – Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Avvalroq, poytaxt Toshkentda joylashgan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi rekonstruksiya uchun yopilgani haqida xabar bergan edik. Ko‘p yillik tarixga ega mazkur muzey yaponiyalik jahonga mashhur arxitektor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilajak dizayn konsepsiyasi asosida rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentiligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, rekonstrutskiya bo‘yicha tegishli shartnoma joriy yilning 26 avgust kuni Yaponiyaning Osaka shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan imzolangan. 

“Ando zamonaviy binolarni loyihalashtirishda o‘ziga xos milliy estetik jihatlarni qo‘llaydi. Me’morning eng taniqli ishlari orasida Italiya, Fransiya, AQSH, Yaponiyadagi teatrlar, muzeylar va san’at markazlari dizaynlari bor”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi 1918 yilda tashkil etilgan. Hozirda muzey faoliyat yuritayotgan bino 1974 yilda foydalanishga topshirilgan. O‘tgan vaqt mobaynida muzey binosi ta’mirtalab holatga kelib qolgan, shuningdek, muzey kolleksiyalari saqlanishi va tashrif buyuruvchilar uchun yetarli shart-sharoitlar achinarli ahvolda edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva San'at muzeyi

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing