Samsung kompaniyasi raisi bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tdi
Olam
−
28 Oktabr 2020
6994Samsung Group kompaniyasining vafot etgan raisi Li Gon Xi bilan vidolashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qilgan.
Marosim bugun, 28 oktyabr kuni Seulda o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, tadbir yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan. Marosimda marhumning oila a’zolari, shuningdek, do‘stlari va hamkasblari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung raisi Li Gon Xi 25 oktyabr kuni vafot etgandi.
Ma’lumot uchun, uning ortidan beva ayoli, o‘g‘li va ikki qizi qoldi. Li Gon Xi 2014 yilda yurak xurujidan so‘ng og‘ir kasallikka yo‘liqqan. So‘nggi bir necha yil ichida u kompaniyaning rasmiy rahbari bo‘lib kelgan, aslida esa Samsung kompaniyasini uning o‘g‘li Li Chje Yenu boshqargan.
LiveBarchasi