Samolyot hojatxonasining axlat qutisidan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi

Olam

image

“Air Mauritius” aviakompaniyasi samolyotining hojatxona qutisidan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi.

Mavrikiy aeroporti xodimlari samolyot hojatxonasining axlat qutisiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqni topdi. 

Madagaskarlik 20 yoshli ayol reysda tug‘ishda gumon qilinib, hibsga olindi. 

Madagaskardan kelgan “Air Mauritius” samolyoti 1 yanvar kuni “Syor Seyevuzagyur Ramgulam” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aeroport xodimlari samolyotni bojxona tekshiruvidan o‘tkazish uchun ko‘zdan kechirish chog‘ida chaqaloq tashlab ketilganini aniqlagan. Ular chaqaloqni davolash uchun davlat shifoxonasiga yetkazishgan. 

Bolaning onasi ekanligida gumonlangan ayol avvaliga bolaning o‘ziniki ekanini rad etgan. Ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning endigina ko‘zi yorigani tasdiqlandi. 

U shifoxonada politsiya nazoratiga olingan.  Onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. 

Mavrikiyga ikki yillik ishlash ruxsati bilan kelgan malagaslik ayol shifoxonadan chiqqanidan keyin so‘roq qilinadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tashlab ketganlikda ayblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7697

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing