“Samarkand Half Marathon” g‘oliblari aniqlandi

Sport

image

Bugun, 1 noyabr kuni Samarqand shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Samarkand Half Marathon”ning 21 kilometr masofasiga yugurish uchun start berildi

Unda erkaklar o‘rtasida Toshkent viloyati vakili Andrey Petrov birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Qizlar bahsida o‘n ming metrga yugurishda O‘zbekiston rekordchisi, surxondaryolik Sitora Hamidova g‘olib bo‘ldi.

Musobaqaning starti “Registon” maydonidan boshlanadi, keyin sportchilar Samarqandning Bibixonim, Afrosiyob, Hazrati Hizr, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Ulug‘bek va “Shohizinda” rasadxonalari kabi asosiy diqqatga sazovor joylari yonidan o‘tishadi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasida har bir yo‘nalishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 5 nafardan qatnashchi tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Unga ko‘ra:

1-o‘rin – 12 million so‘m;

2-o‘rin – 10 million so‘m;

3-o‘rin – 8 million so‘m;

4-o‘rin – 6 million so‘m;

5-o‘rin – 5 million so‘m.

Soat 11:30 da musobaqa tashkilotchilari va ko‘ngillilar qisqa masofaga yugurishdi. Unda turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham qatnashdi. Ikki kundan buyon Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Samarkand Half Marathon”i doirasidagi madaniy tadbirlar bugun kechgacha davom etadi.

Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab ishtirokchilar sportchilar bilan birga yugurishadi. Virtual poyga formati yarimmarafon ishtirokchilariga joy va masofani tanlash erkinligini beradi va natijalar Strava ilovasida qayd etilgan ma’lumotlarga muvofiq qabul qilinadi. Yarimmarafon dasturiga “Skandinavcha yurish” bo‘yicha musobaqalar qo‘shildi va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa alohida bolalar yugurish musobaqasida yuguradilar.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov onlayn marafonda 35 davlatdan professional va havaskor sportchilar qatnashishini ma’lum qildi.

Yugurish musobaqasida 1 dan 16 noyabrgacha davom etadi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, eng yaxshi yuguradigan shahar va eng yaxshi yuguradigan klub aniqlanadi. Ishtirokchilari eng ko‘p kilometr masofani bosib o‘tadigan O‘zbekistonning shahri "O‘zbekistonning yuguruvchi poytaxti" kubogini qo‘lga kiritadi. Eng yaxshi yuguruvchi klub ham kubok bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarkand Half Marathon

Baholaganlar

59

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing