Samarqandning yana bir tumaniga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
27 iyul 2022
7891O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumaniga Erkin Ahmadjonov prokuror etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Erkin Ergashevich Ahmadjonov mazkur tayinlovga qadar, Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlariga ham yangi prokurorlar tayinlangandi.
Urgut tumanida Asror Hamzayevich Valiyev, Kattaqo‘rg‘on tumanida esa Shuhrat Safarovich Xolmirzayev prokuror lavozimida ish boshladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15