Samarqandlik oilaning 5 a’zosi qotillari begona bo‘lmagan
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
13074Avvalroq, joriy yilning 14 maydan 15 mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik ustidan sud bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Samarqand viloyat sudida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi 1969 yilda tug‘ilgan A.Xalbayevni, uning turmush o‘rtog‘i 1974 yilda tug‘ilgan Z.Xalbayevani, farzandlari – 1998 yilda tug‘ilgan J.Islomov, 2002 yilda tug‘ilgan A.Islomov va 2004 yilda tug‘ilgan O.Islomovni qasddan o‘ldirganlarga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Ma’lum qilinishicha, bir oilaning besh a’zosini o‘ldirgan qotillar begona emas, marhum oilaning qo‘shnilari bo‘lgan.
Sudda marhum oilaning qo‘n-qo‘shnilar bilan doimiy kelishmovchiligi, bu klishmovchiliklar yuzasidan tomonlar bir necha bor tegishli idora, organ tashkilotlarga murojaat qilgani, murojaatlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmagani esa jinoyatning kurtak ochishi va 5 kishining qotillik kurboni bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Sudda qayd etilishicha, ushbu jinoyatni sodir etishni to‘daboshi – 1981 yilda tug‘ilgan, uch nafar farzandning otasi bo‘lgan G‘olib Tashanov anchadan buyon reja qilgan. Qo‘shnisini o‘ldirib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan Tashanov 1993 yilda tug‘ilgan Jahongir Usmonov, 1995 yilda tug‘ilgan Shamshiddin Esonboyev va 1996 yilda tug‘ilgan Habibullo Nurmanovni o‘ziga sherik qiladi.
“Qasdim bor edi. Keyin sheriklarimni puli ko‘p deb ishontirdim. Keyin ular bilan birga qo‘shilib kirdik, jinoyatni sodir qildik. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi qotil Tashanov.
Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O.Arabov va E.Ergashevdan iborat sud tarkibida ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchilar 2019 yil 14 maydan 15 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Chimqo‘rg‘on” MFY “Chimqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashab kelgan A.Xalbayevning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hujum qilib A.Xalbayevni, uning turmush o‘rtog‘i Z.Xalbayevani, farzandlari – J. Islomov, voyaga yetmagan A.Islomov va O.Islomovlarni qasddan o‘ldirishgan hamda 22 mln so‘m, 100 AQSH dollari va 600 ming so‘mlik Samsung rusumli uyali aloqa telefonini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Sud hukmiga ko‘ra, G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi.
G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
J. Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
Sh. Esonboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
X. Nurmanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.