Samarqandlik hattot 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozdi

Jamiyat

image

Samarqandlik hattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozdi.  Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hattot uch yil davomida Qur’on kitobini 310 varaq, 620 sahifaga arab kufiy xatida yozishga muvaffaq bo‘lgan.

“Samarqand qog‘ozi o‘zining umrboqiyligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi hamda suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Shuning uchun kitob varaqlariga shu qog‘ozdan foydalandim”, deydi hattot.

Ma’lumot uchun, Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – “Usmon Musfahi” O‘zbekistonda, “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing