Samarqanddan Rossiyaga uchgan samolyot ortga qaytdi 

Olam

image

Bugun, 10 iyul kuni “Rossiya” aviakompaniyasining “Sukhoi Superjet 100” samolyoti Samarqanddan Moskvaga uchgan. Biroq, texnik sabablarga ko‘ra yana Samarqand aeroportiga qaytgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Rossiya” aviakompaniyasining FV-6552 reysi bugun jadval bo‘yicha soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchdi. Texnik sabablarga ko‘ra, ekipaj aeroportga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi va soat 9:00 da kelib qo‘ndi”, deya ma’lum qilgan Samarqand aeroporti xodimi. 

Aniqlik kiritilishicha, hozir “Sukhoi Superjet 100” layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4084

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing